PSJ hujumchisi Angliyaga ketishi mumkin

  • 30.12.2021 16:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Calciomercato nashrining xabar berishicha, PSJ futbolchisi Mauro Ikardiga APLning top-klubi qiziqmoqda .

 

Manbaga ko‘ra, forvard "Manchester Yunayted" uchun asosiy nishonlardan biri. “Qizil iblislar” argentinalik futbolchini tez orada  jamoani tark etadigan Edinson Kavaniga ajoyib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

 

28 yoshli hujumchi joriy mavsum Liga 1 doirasida 19 ta o‘yinda, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!