
PSJ hujumchisiga Bundesliga klubi qiziqish bildirmoqda
PSJ hujumchisi Randal Kolo-Muani jamoani tark etishi mumkin. Qishda uni klub ijaraga berishi kutilmoqda.
"BILD" xabar berishicha, "Leyptsig" straykerni yarim mavsumga olib turish haqida o‘ylamoqda.
Mavsumni yomon kayfiyatda o‘tkazayotgan Kolo-Muani jamoa tarkibida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi. Parijliklar o‘z navbatida uni 95 million evroga sotib olgan.
Randalga Bundesliga begona emas. Hujumchi bundan oldin "Ayntraxt"da to‘p tepgan. 2022/23 mavsumda u chempionatda 15 ta to‘p kiritgandi.
Fikrlar