PSJ "Inter" etakchisini qo‘lga kiritishga juda yaqin turibdi

  • 24 iyun, 2022, 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" himoyachisi Milan Shkrinyar faoliyatini PSJda davom ettirishga yaqin turibdi.

Taniqli insayder Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berishicha, 27 yoshli slovakiyalik futbolchi allaqachon frantsuz klubi bilan shaxsiy shartnomaning barcha shartlarini kelishib olgan.

Manbaning aniqlik kiritishicha, endi faqat ikki klub o‘zaro kelishib olishi kerak. PSJ himoyachini 60 million evroga sotib olishga tayyor, “Inter” esa uni 70 million evroga baholamoqda.

Shkrinyar o‘tgan mavsum “neradzurrilar” safida barcha turnirlarda 47ta o‘yinda maydonga tushdi va 4ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!