
PSJ "Inter" futbolchisini "yo‘ldan urdi"
“Inter” klubi yozda shartnomasi tugaydigan Milan Shkrinyar bilan shartnomani yangilash bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti. PSJ esa bu vaziyatni kuzatib bormoqda, deya xabar bermoqda “La Gazeta dello Sport”.
Frantsiya jamoasi slovakiyalik himoyachini qo‘lga kiritishga o‘tgan yozda ham harakat qilib ko‘rgandi. Biroq “Inter” uni qo‘yib yubormadi. Bundan tashqari unga bir qator APL grandlari hamda "Real" ham og‘iz solmoqda.
Shkrinyar ushbu mavsum barcha chempionatlar doirasida jami 9 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar