PSJ "Inter"ning muammolaridan foydalanib qolmoqchi

PSJ "Inter"ning muammolaridan foydalanib himoyachi Ashraf Hakimini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Milan klubinining xitoylik egalari jamoani qarzga botirdi. Endi "neradzurrilar" asosiy futbolchilarini sotishga majbur bo‘ladi. 

2020/2021 yilgi mavsumda marokashlik himoyachi 37ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan va 8ta golga assistentlik qilgan. Uning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

Avvalroq, futbolchiga "Bavariya" va "Arsenal" klublari qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!