PSJ kuysa ham Mbappeni hech kimga bermaydigan bo‘ldi

  • 27.05.2021 20:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Pari Sen-Jermen” rahbariyati jamoaning asosiy yulduzi Kilian Mbappeni yangi shartnomaga ko‘ndira olmagan bo‘lsa-da, uni yozda sotmaydigan bo‘ldi. Ma’lumki, 22 yoshli hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yakunlanadi va u bir yildan so‘ng erkin agent sifatida tekinga ketib qolmasligi uchun parijliklar yozda futbolchini sotib yuborishi kerak edi.

Shunga qaramay, PSJ Kilianni qo‘yvormaslikka qaror qildi va “Real” bilan transfer bo‘yicha muzokaralardan bosh tortdi.

Frantsiyaliklarning bu pozitsiyadan kelib chiqib, “Real” bor e’tiborini Erling Xolandni olishga qaratishi aytilmoqda.

PSJ esa bir yil davomida hujumchini yangi bitimni imzolashga ko‘ndirishga harakat qiladi.

Mbappe joriy mavsumda milliy chempionatda 31 ta uchrashuvda 27 ta to‘p kiritib, ettita golli pas oshirdi. Uning transferi 160 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!