PSJ – "Liverpul" va "Barselona" - "Atletiko" bahsiga hakamlar tayinlandi

  • 06.04.2026 14:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi PSJ va "Liverpul" oʻrtasidagi birinchi uchrashuvni ispaniyalik hakam Xose Mariya Sanches Martines boshqarib boradi.

Ushbu bahs chorshanba kuni Parijdagi "Park de Prens" stadionida boʻlib oʻtadi.

Sanches Martinesga yon chiziqlarda Raul Kabanjero va Inyigo Prieto yordam beradi. Zaxira hakami sifatida Xuan Martines Munuera ishlaydi. VAR tizimi uchun Karlos del Serro Grande, AVAR uchun esa Gilyermo Kuadra Fernandes masʼul boʻladi.

Yana bir chorak final juftligi — "Barselona" va "Atletiko" oʻrtasidagi bahsga ruminiyalik Ishtvan Kovach tayinlandi.

Uning yordamchilari Mixay Maricha va Ferents Tunʼogi boʻlsa, zaxira hakami sifatida Sabolch Kovach faoliyat olib boradi. VARda nemis mutaxassisi Kristian Dingert, AVARda esa portugaliyalik Tiagu Martinsh ishlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!