PSJ Madagaskar terma jamoasi darvozaboni bilan shartnoma imzoladi

  • 16.08.2021 19:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ o‘zining rasmiy sayti orqali madagaskarlik darvozabon Matias Randriamami bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

E’tiborlisi, bu 18 yoshli futbolchi uchun faoliyatidagi ilk professional shartnoma bo‘ldi. Aytish kerakki, u 2016 yildan buyon PSJ tuzilmasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Madagaskar terma jamoasi darvozabonining Parij klubi bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2024 yilning 30 iyun sanasiga qadar amal qiladi.

PSJ o‘zining navbatdagi uchrashuvini 21 avgust kuni “Brest”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!