PSJ "Manchester Siti" yarim himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 12 mart, 2023, 16:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva PSJga o‘tishi mumkin. Ispaniyaning "Sport" nashri xabariga ko‘ra, Liga 1 grandi allaqachon 28 yoshli portugaliyalik uchun foydali taklif tayyorlamoqda.

Tecno

Avvalroq, Silva ham o‘zini yangi loyihada sinab ko‘rish istagi haqida gapirgandi. U 2017 yilning yozida "Monako"dan transfer qilinganidan keyin "Manchester Siti"da o‘ynamoqda.

Bernarduni "Barselona" ham anchada beri kuzatib bermoqda, ammo moliyaviy sabablarga ko‘ra kataloniyaliklar futbolchini transfer qilishlari qiyin bo‘ladi.

Nufuzli "Transfermarkt" portali ekspertlari portugaliyalik yarim himoyachini 90 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!