PSJ mavsumdagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

  • 20 may, 2021, 02:59
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako" hamda PSJ jamoalari o‘rtasidagi Frantsiya Kubogi finali o‘z nihoyasiga etdi. Final Maurisio Pochettino shogirdlarining 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakun topdi va parijliklar ushbu mavsumdagi ilk titulini qo‘lga kiritdi. Hali ularda "oltin dubl" qayd etish imkoniyati mavjud.

Dastlab, 19-daqiqada Mauro Ikardi chiroyli goli bilan jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 81-daqiqada Kilian Mbappe ham darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi va shu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi. Parijliklar o‘yin tugagach, sovrinni qo‘lga kiritdi. G‘alaba bilan barcha PSJ muxlislarini tabriklab qolamiz!

Eslatib o‘tamiz, Frantsiya chempionatining so‘nggi turida PSJ hamda "Lill" jamoalari chempionlik masalasini hal etadi, ikkisidan biri o‘z o‘yinida xato qilgan taqdirda boshqasi chempionlikni qo‘lga kiritishi aniq. Jamoalarga omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!