PSJ Mbappe o‘rniga 300 million evroga to‘rt mashhur o‘yinchini oladi

  • 23 fevral, 2024, 14:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ mutasaddilari Kilian Mbappening jamoadan ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Parijliklar tarkib qudratini saqlab qolish uchun yangi ijrochilarga 300 million evro tikishga qaror qilgan.

Mbappe ketganidan keyin uning maoshi va bonuslaridan ana shu miqdorda pul tejab qolinadi va bu yangi o‘yinchilarni olish imkonini beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, parijliklar birinchi navbatda “Lill” markaziy himoyachisi Leni Yoroni transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, Luis Enrike o‘z jamoasida “Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Bernardu Silvani ham ko‘rmoqchi va portugaliyalik yulduz anchadan beri parijliklar nishonida turibdi.

Frantsiya chempionlari yozda “Bavariya”dagi holatidan norozi bo‘lib yurgan Yozua Kimmiz va “Napoli” forvardi Viktor Osimxen kabi qimmatbaho o‘yinchilarni ham transfer qilishga tayyor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!