
PSJ Mbappe o‘rniga boshqa yulduzni oladigan bo‘ldi
PSJ rahbariyati jamoadan ketish ilinjida yurgan Kilian Mbappe o‘rniga boshqa futbolchi topib qo‘ydi.
Klub prezidenti Nasser Al-Xelaifiy agar Mbappe tez kunlarda shartnomani uzaytirmasa, sotib yuborilishini e’lon qilgandi.
Taniqli jurnalist Santi Aunaning ma’lum qilishicha, parijliklar Mbappe o‘rniga “Barselona” hujumkor futbolchisi Usmon Dembeleni olib kelmoqchi.
26 yoshli futbolchining kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasida uni 50 million evroga xarid qilish imkonini beradigan band bor. Parijliklar aynan undan foydalanmoqchi.
PSJga bosh murabbiy etib tayinlangan Luis Enrike Usmon Dembelening imkoniyatlarini yuqori baholamoqda va uni o‘z jaomasida ko‘rmoqchi.
Fikrlar