
PSJ Mbappe o‘rniga superhujumchi oladigan bo‘ldi
Kilian Mbappe mavsum yakunlanishi bilan PSJni tark etadi. Hozirning o‘zida bu futbolchiga Evropaning etakchi klublaridan o‘ta manfaatli takliflar bor.
Parij klubi rahbariyati 21 yoshli hujumchini ushlab qola olmasligini bilgan holda, uning o‘rniga boshqa forvard qidirmoqda. Ayni paytda Frantsiya chempioni Mbappe o‘rniga “Inter”ning argentinalik hujumchisi Lautaro Martinesni olishni rejalashtiryapti.
Shu o‘rinda, Lautaroning ham bozori chaqqon ekanini ta’kidlash joiz. “Inter” uni saqlab qolish uchun muzokara o‘tkazmoqda. “Barselona” bir necha oydan beri Lautaro transferi bo‘yicha ish olib bormoqda. Angliya grandlari ham iste’dodli hujumchini o‘z safiga chorlamoqda.
PSJning ustun tomoni esa, Lautaroga boshqalardan ko‘ra, yaxshiroq shartnoma taklif qila olish salohiyatida.
Fikrlar