PSJ Mbappega narx belgiladi. Oladigan bormi?
Yaqinda PSJ etakchi hujumchilaridan biri Kilian Mbappe joriy mavsum yakunlangach, Parijni tark etishi haqida klub rahbariyatini ogohlantirgan edi.
PSJ xo‘jayinlari uni qolishga ko‘ndirmaydigan bo‘lsa va hujumchiga narx belgiladi. Unga ko‘ra, 21 yoshli futbolchini olishni istagan jamoa parijliklar hisob raqamiga 300 million funt (325 million evro) to‘lashi kerak bo‘ladi.
Mbappening PSJ bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi. Frantsiyalik futbolchiga “Real”, “Barselona” va “Liverpul” jiddiy qiziqish bildirgan. Biroq, bu jamoalarning hech biri PSJ talab qilayotgan summani to‘lay olmaydi.

Fikrlar