PSJ Mbappeni olib qolish yo‘lini topdi. Mbappe hayratda!

  • 22.03.2021 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ rahbariyati Evropaning qator grandlaridan taklif olayotgan Kilian Mbappeni jamoa tarkibida olib qolish uchun unga supershartnoma taqdim qiladigan bo‘ldi.

22 yoshli hujumchiga ayni paytda “Real”, “Liverpul”, “Chelsi”, “Yuventus” kabi qudratli klublardan manfaatli chorlovlar bo‘lmoqda.

Vaziyatni inobatga olgan Parj superklubi xo‘jayinlari Mbappega boshqa klublar taklif qila olmaydigan maosh berishga rozi bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, yosh hujumchi yangi bitimni imzolasa, soliqlardan tashqari, bir yilda qo‘liga 30 million evro tegadigan darajada maoshga ega bo‘ladi.

Koronavirus pandemiyasi ortidan kelib chiqqan moliyaviy inqiroz vaqtida Evropaning hech qaysi klubi Mbappega bu darajada katta maosh to‘lay olmaydi. Bu taklif Mbappeni o‘ylantirib qo‘ydi. Avvalroq, mavsum yakunlangach, boshqa klubga o‘tishini bildirgan futbolchi endi bu qarorini qayta ko‘rib chiqadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, masalaning echimi Mbappening o‘zida qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!