PSJ Mbappeni qaysi jamoaga sotishi oshkor bo‘ldi
Kilian Mbappening PSJdagi faoliyati uzoqqa bormaydigan ko‘rinadi. Evropa nashrlari futbolchining o‘zi Parijdan ketmoqchiligini ham, klub rahbariyati uni sotib yuborishni rejalashtirayotganini ham yozmoqda.
Ispaniyaning Marca nashri parijliklar eng qimmatbaho futbolchisini “Real”ga sotmasligini ta’kidladi. Manbaning ma’lum qilishicha, PSJ xo‘jayinlari Mbappeni “Liverpul”ga pullash ilinjida yuribdi.
Yurgen Klopp Kilianni o‘z jamoasida ko‘rishga qarshi emas. KO‘p mutaxassislar Mbappe germaniyalik mutaxassis qo‘llayotgan o‘yin sxemasiga mos tushishini ta’kidlamoqda.
Lekin “Liverpul”ga bu o‘yinchi transferi va maoshini ko‘tarish jiddiy muammolar keltirib chiqarishi aytilmoqda.

Fikrlar