
PSJ Messi o‘rniga zo‘r o‘yinchi topdi
PSJ rahbariyati kelasi mavsum jamoani tark etgan Lionel Messi o‘rnida o‘ynaydigan futbolchi qidirayotgan edi.
Le Parisien nashrining ma’lum qilishicha, parijliklar Messi o‘ynagan pozitsiyaga “Manchester Siti” vakili Bernardu Silvani olib keladigan bo‘ldi. PSJ mutasaddilari portugaliyalik futbolchi Messining o‘rnini to‘liq bosa olishiga ishonmoqda.
Transfermarkt portali ekspertlari Silvani 80 million evroga baholagan. Xosep Gvardiola anchadan beri Manchesterdan ketish istagida yurgan futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.
Bernardu Silva jamoasi trebl qayd etgan mavsumda 54 ta uchrashuvda qatnashib, ettita gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar