PSJ Messi tufayli jahon chempionini sotib ololmaydi

  • 07.08.2021 14:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning PSJga o‘tishi so‘roq ostida turibdi.

ESPN nashrining xabar berishicha, agar parijliklar "Barselona"ning sobiq sardori Lionel Messi bilan shartnoma imzolashni uddalashsa, u holda ular “JCh-2018” g‘olibini sotib olish fikridan qaytishadi.

Gap shundaki, PSJning moliyaviy holati bir vaqtning o‘zida ikkita yirik transferni amalga oshirishga etmaydi.

Pogbaning "Manchester Yunatyed" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!