PSJ Messining o‘rniga Bernarduni sotib olishni rejalashtirmoqda

  • 10 iyun, 2023, 16:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ Bernardu Silvaga qiziqish bildirmoqda.

Parij klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisini yozgi transfer oynasida sotib olmoqchi, deb xabar beradi "Le Parisien" nashri. Portugaliyalik yarim himoyachi Messining o‘rnini egallash uchun ideal nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Futbol bo‘yicha maslahatchi Luis Kampos Silvani PSJning asosiy maqsadi sifatida belgiladi. Biroq kelishuvni amalga oshirish oson bo‘lmaydi, chunki "Siti" 28 yoshli futbolchisi bilan xayrlashishni istamayapti.

Bernardu o‘tgan mavsumda APLda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!