PSJ "Nim"ni yirik hisobda taslim etib, 3-pog‘onada qoldi
Frantsiya 1-divizionining 23-turidan o‘rin olgan PSJ - "Nim" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda parijliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindagi gollarga Di Mariya, Sarabiya va Mbappe mualliflik qildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, Maurisio Pochettino shogirdlari hisobidagi ochkolar 48 taga etdi va ular 3-pog‘onada qoladigan bo‘ldi. "Nim" esa, 15 ochkosi bilan eng so‘nggi pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar