PSJ oʻz hujumchisining boshqa superklubga oʻtganini tasdiqladi
Frantsiyalik hujumchi Randal Kolo-Muani PSJ tarkibidan ketgani haqida rasmiy ma'lumotni klub matbuot xizmati e'lon qildi.
27 yoshli forvard uchun Turin jamoasi yangidan kashf etilgan manzil emas. U bu yerda avval ham to'p surgan. 2025 yili u "Byankoneri" sharafini ijara asosida himoya qilgan, jamoa safida 22 o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan.
Kolo-Muani o'tgan mavsumni ham ijarada o'tkazdi — bu safar "Tottenxem" tarkibida. London klubi safida fransuz futbolchisi 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol muallifiga aylandi.

Fikrlar