
PSJ "otaxon murabbiy"dan rad javobini oldi
PSJda kuzatilayotgan so‘nggi paytlardagi ichki nizolar jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning ketishi bilan yakunlanishi mumkin.
Xabarlarga qaraganda, parijliklar rahbariyati "Arsenal" sobiq ustozi Arsen Vengerga taklif bilan chiqqan. Ammo frantsiyalik mutaxassis rad javobini bergan. Bu haqda uning o‘zi shunday deydi:
"Shunchaki kimdir tarqatgan mish-mish. Bu ma’lumotni kim tarqatganini bilmayman, ammo haqiqatdan ancha yiroq",-deya Venger so‘zlarini keltirmoqda RMC.
Ma’lumot uchun, 72 yoshli mutaxassis hozir FIFAning futbolni rivojlantirish bo‘limida ishlamoqda.
Fikrlar