PSJ: Pochettino o‘rniga undan zo‘ri keladi

  • 06.10.2021 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ katta sarf-xarajatlarga qaramay, Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozona olmayapti. Qolaversa, jamoa ichidagi muhit yaxshi emas.

Bosh murabbiy Maurisio Pochettino bir tarkibga jamlangan yulduzlarni boshqarishga qiynalmoqda.

Klub rahbariyati argentinalik mutaxassis o‘rniga jamoaga ta’sir o‘tkazishga qodir murabbiyni olib kelmoqchi.  Fichajes nashrining xabar berishicha, PSJ bosh murabbiyligiga Zinedin Zidan asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Agar Zidan jamoani qabul qilmasa, klub rahbariyati xuddi Zidan kabi ishsiz yurgan Yoaxim Lyov yoki Antonio Konte bilan aloqaga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!