PSJ prezidenti Messining transferiga izoh berdi
PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifiy "Barselona" hujumchisi Lionel Messining transferi borasida izoh berdi.
– Messining PSJga o‘tishi haqida gapirishmoqda. U iyunda erkin agent aylanadi. Klub uni transfer qilmoqchimi?
– Biz boshqa klublarni hurmat qilamiz va ular ham bizga ehtirom ko‘rsatishlarini xohlaymiz.
Messi "Barselona" futbolchisi. Shunday ekan, klubga bo‘lgan hurmat sabab, bugun bu haqida gapira olmayman, - deydi PSJ prezidenti.

Fikrlar