PSJ qishki transfer vaqtida daromad olmoqchi
"Pari Sen-Jermen" davralar oralig‘ida bir qancha futbolchilarini transferga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Taniqli L'Equipe nashri ma’lumotiga ko‘ra, parijliklar qishda futbolchilar sotuvidan 40 million evro daromad qilmoqchi.
PSJ Frantsiya chempionati 17-turidan so‘ng turnir jadvalida 3-o‘rinni band etib turibdi. Oldinroq, klub rahbariyati Tomas Tuxelni iste’foga chiqarib, bosh murabbiylik kursisiga Mauirisio Pochettinoni olib kelgan edi.

Fikrlar