PSJ “Real”ga katta zarba tayyorlayapti
Dario Sport nashrining xabar berishicha, agar “Real” Kilian Mbappeni o‘ziga og‘ridirib olsa, “Pari Sen-Jermen” madridliklarning bir necha futbolchisini qo‘lga kiritishni rejalashtirib qo‘ygan ekan.
Mbappening shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi va 24 yoshli hujumchining “Real”ga o‘tib ketish ehtimoli katta. PSJ futbolchi bepul ketmasligi uchun unga yangi bitim taklif qilyapti, lekin Kilian bu taklifni rad etib kelmoqda.
Agar “Real” Mbappeni olsa, parijliklar javob zarbasi sifatida ularning bir necha o‘yinchini oladi.
PSJ ro‘yxatiga Vinisius Junior, Rodrigo, Orelen Tchuameni, Eduardo Kamavinga va Federiko Valverde kiritilgan.

Fikrlar