PSJ “Real”ga shart qo‘ydi
“Real” kelasi yozda PSJ hujumchisi Kilian Mpabbeni olish uchun hozirdan harakat qilmoqda. Bu yil birorta ham xaridni amalga oshirmagan madridliklar kelasi yil Kilian Mbappe, Eduardo Kamavinga va Erling Xolandni olishni maqsad qilgan.
“Real” rahbariyati ikki frantsiyalik futbolchi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. PSJ rahbariyati ham Mbappeni ushlab qola olmasligini biladi. Shuning uchun parijliklar bu transferdan unumli foydalanib qolmoqchi.
Xususan, PSJ bugungi kunda zo‘r darvozabonga ehtiyoj sezmoqda. Shu bois, parijliklar Mbappe transferi doirasida “Real” darvozasini qo‘riqlayotgan Tibo Kurtuani olishni istamoqda.
Mbappe shu kungacha PSJ tarkibida 127 ta uchrashuvda 92 ta gol urdi va 55 ta golli pas uzatdi.
Transfermarkt portali 21 yoshli jahon chempionini 180 million evroga baholamoqda.
Fikrlar