PSJ "Real"ni yana bir marta "uxlatmoqchi"
"Real" o‘z tarkibini yosh yarim himoyachi bilan kuchaytirmoqchi. Madridliklar "Monako" a’zosi Orelen Chuamenini sotib olishni niyat qilgan.
Ammo "qirollik klubi" frantsiyalik futbolchisi uchun 60+10 million evro taklif qiladi. Bu "qaymoqranglilar"ning so‘nggi taklifi hisoblanadi.
Shuningdek, PSJ ham Orelenning xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Parijliklar unga manfaatliroq shartnoma bermoqchi. Katta ehtimol bilan, bu uning qaroriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Boisi, "Pari Sen-Jermen" taklif qilayotgan pul ancha katta.
Avvalroq, Al-Helayfi rahbarligidagi klub Kilian Mbappeni o‘z safida olib qolgandi.
22 yoshli futbolchi joriy mavsum "monegasklar" libosida 95 o‘yinda maydonga tushib, 8 gol va 7 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar