"PSJ" Reshforddan umidini uzmagan
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford hamon "PSJ"ning transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda.
Calciomercatoweb xabariga ko‘ra, Parij top-klubi rahbariyati futbolchiga yiliga o‘n million evro maosh taklif qilishga tayyor. "PSJ"ning qiziqishi Reshfordni xursand qilishi mumkin, biroq ayni paytda angliyalik futbolchi "Manchester Yunayted"ni tark etishni istamayapti. 25 yoshli hujumchi kelajagi borasida hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q.
Angliya premer-ligasining joriy mavsumida Markus 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar