PSJ sobiq murabbiyi: Neymardan ko‘ra Mbappeni tanlagan bo‘lardim
«PSJ» klubining sobiq murabbiyi Jan-Mishel Larke parijliklarning asosiy hujumchilari - Kilian Mbappe va Neymarni taqqosladi.
«Neymar muxlislarga ko‘proq emotsiya beradi, ammo yoshdagi farqni inobatga olganda men Kilianni tanlayman.
Mbappe hamisha ham o‘zini namunali futbolchi sifatida namoyish etmaydi. Ba’zida u o‘ziga maftun bo‘lib, teskari harakat qiladi. Ammo men o‘z jamoamga ikkita Neymardan ko‘ra, ikkita Mbappeni tanlagan bo‘lardim» — dedi Larke "Goal"ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Jan-Mishel Larke 1977-1978 yillarda "PSJ"ni boshqargan.

Fikrlar