
PSJ ustozi Messi, Neymar, Mbappe va boshqa futbolchilar uchun taqiq joriy qildi
PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte o‘z shogirdlari uchun yangi tartib-intizom qoidalarini joriy qildi.
“Lequipe” nashri xabariga ko‘ra, mutaxassis futbolchilarga ovqat paytida mobil telefondan foydalanishni taqiqlagan. Avvalroq jamoa a’zolari mashg‘ulotlarga kechikib qolgani uchun jazolanishi ham xabar qilingandi. Agar futbolchi kechiksa, u mashg‘ulotga kiritilmaydi va uyiga qaytib ketadi.
55 yoshli mutaxassis o‘tgan mavsumda “Nitstsa”ni boshqargan. Galte shu oy boshida PSJ murabbiyi lavozimini egalladi. U parijliklar bilan ikki yillik shartnomasi imzoladi.
Ma’lumot o‘rnida, Kristofdan oldin yulduzlar jamoasini argentinalik murabbiy Maurisio Pochettino boshqargan.
Fikrlar