
PSJ va “Siti” – transfer gigantlari jangi
Zamonaviy futbolda katta mablag‘ evaziga klublarni keskin kuchaytirish tobora oddiy holga aylanib bormoqda. Arab milliarderlari tomonidan amalga oshirilgan PSJ va “Manchester Siti” loyihalari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Ushbu jamoalar so‘nggi 10 yillikda transfer bozorida juda faol bo‘ldi va o‘z tarkibiga ko‘plab yulduz futbolchilarni qo‘shib oldi. Ushbu transferlar asta-sekin o‘z samarasini bermoqda. Bugun ushbu ikki jamoa UEFA Chempionlar ligasi yarim finalida to‘qnash keladi. Undan oldin biz PSJ va “Manchester Siti”ning transferlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Transferlar haqida gap ketganda, ayrim raqamlarga alohida to‘xtalib o‘tish va ularni tushuntirish lozim. Oxirgi 9 yilda transferlar uchun “Manchester Siti” jami 615 mln evro, PSJ 567 mln evro sarfladi. Bir qarashda ushbu jamoalarning transfer siyosati bir-biriga juda o‘xshashdek, aslida esa unday emas.
Yana bir muhim ko‘rsatkich bu bir mavsumda transferlar uchun qilingan o‘rtacha xarajatlar miqdori. “Shaharliklar” yangi futbolchilar olish uchun har yili o‘rtacha 153 mln evro sarflagan bo‘lsa, frantsuz grandida bu raqamlar 132 mln evroni tashkil etadi.
Quyida 2010/11 yilgi mavsumdan boshlab jamoalar har yili transferlar uchun qancha mablag‘ sarflaganini ko‘rishingiz mumkin:
PSJ - “Manchester Siti”
10/11: 9 mln evro | 183,61 mln evro
11/12: 107,1 mln evro | 91,05 mln evro
12/13: 151 mln evro | 61,95 mln evro
13/14: 135,9 mln evro | 115,5 mln evro
14/15: 49,5 mln evro | 102,8 mln evro
15/16: 116,1 mln evro | 208,2 mln evro
16/17: 134,5 mln evro | 215 mln evro
17/18: 238 mln evro | 317,5 mln evro
18/19: 227 mln evro | 78,59 mln evro
19/20: 95 mln evro | 159,52 mln evro
20/21: 61 mln evro | 177,8 mln evro
“Manchester Siti”ning bir mavsumda eng kam va eng ko‘p qilgan xarajatlari orasidagi farq 255,5 mln evroni (2012/13 yilgi mavsumda 61,95 mln evro, 2017/18 yilgi mavsumda 317,5 mln evro) tashkil etadi. PSJda bu ko‘rsatgich 188,5 mln evroga teng.
Transfermarket portali talqiniga ko‘ra “Manchester Siti”ning ayni damdagi eng qimmat tarkibi (731 mln evro):
Transfermarket portali talqiniga ko‘ra PSJning ayni damdagi eng qimmat tarkibi (614 mln evro):
Fikrlar