PSJ xo‘jayini Mbappe va Neymar bo‘yicha so‘nggi qarorini aytdi

  • 13.03.2021 22:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ prezidenti Nasser al-Xelaifiy Evropa Chempionlar ligasining nimchorak finalida “Barselona” musobaqadan chiqarib yuborilganidan keyin ehtirosga berilib, katta va’dalar qildi.

- Men uchun Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqish sharaf. To‘rt yil oldingi mag‘lubiyatni  ham unutib yubordim.

Tarixda hammasi qoladi. Biz zo‘r o‘ynadik va “Barselona”ni musobaqadan chiqarib yubordik. Kilian Mbappe va Neymar PSJ o‘yinchilaridir. Ular faoliyatining oxirigacha shu erda qoladi, - dedi al-Xelaifiy.

Jamoa etakchilari bo‘lgan Kilian Mbappe va Neymarning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi. Ayni paytda klub rahbariyati har ikki futbolchi bilan yangi bitim bo‘yicha muzokara o‘tkazyapti. Neymar qolishga qaror qilgan bo‘lsa, Mbappe o‘z kuchini boshqa chempionatlarda sinab ko‘rmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
15/03/2021 21:33
Agar Kelajakka nimagader erishmoqchi bulsa ikkalasi ham. Real ga kelsin. urtaga Holand olsa. real. Haqiqiy Qurol qaytkan buladi