PSJ yulduzi ketma-ket 4-o‘yinni o‘tkazib yuboradi

  • 11.12.2021 18:40
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

PSJ yulduzi Serxio Ramos Frantsiya chempionati 18-turi doirasidagi "Monako"ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.

Ispaniyalik himoyachi hozircha, yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Umumiy guruhga esa, kelasi hafta qaytishi kutilyapti. 

35 yoshli Ramos o‘z debyutidan keyin parijliklar safida ketma-ket 4-o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bunga qadar "El-kapitano" "Nitstsa", "Lans" hamda "Bryugge"ga qarshi o‘yinlarni ham maydon tashqarisidan kuzatgandi.

Shuningdek, "Monako" bilan bahsni Presnel Kimpembe, Nunu Mendesh, Neymar va Yulian Draksler ham o‘tkazib yuboradi. Uchrashuv 13 dekabr kuni 00:45 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!