
PSJda tozalash boshlandi. Pochettino etti futbolchidan voz kechdi
PSJ moliyaviy imkoniyatini barqarorlashtirish maqsadida etti nafar futbolchisini sotib yuboradigan bo‘ldi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Parij klubini darvozabon Serxio Riko, himoyachilar Abdu Diallo, Leyvin Kurzava, Kolin Dagba, yarim himoyachilar Erik Ebimbe, Rafinya va hujumchi Mauro Ikardi tark etishi kerak.
Jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yaqinda klub rahbariyatiga 33 futbolchidan iborat umumiy tarkibni boshqarish qiyinchilik tug‘dirayotgani arz qilgandi. Shundan so‘ng, PSJ mutasaddilari tarkibni qisqartirishga qaror qildi.
Bundan tashqari, mavsum oxirida jamoani asosiy to‘purar Kilian Mbappe ham tark etishi kutilmoqda. Hujumchi klub rahbariyatining so‘nggi taklifini ham qabul qilmadi va erkin agent sifatida boshqa chempionatga o‘tmoqchi.
Fikrlar