PSJdan butun bir tarkib ketadigan bo‘ldi

  • 12 iyul, 2022, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

PSJda katta tozalash ishlari davom etmoqda. Hozirga qadar jamoani bir necha futbolchi tark etib ulgurdi.

Jamoaning yangi sport direktori Luis Kampos shu yoz ichi yana bir necha o‘yinchidan qutilish yo‘lini izlayapti.

PSJga kerak bo‘lmay qolgan futbolchilarning o‘zidan yaxshi bitta tarkib tuzish mumkinligini ham ta’kidlash lozim.

Luis Kampos talabiga ko‘ra, himoyachilardan Leven Kurzava, Abdu Diallo va Tilo Kerer, maydon markazi vakillaridan Leandro Paredes, Danilu Pereyra, Idrissa Guye, Ander Errera, Jorjino Veynaldum, Erik Ebimbe va Yuliana Draksler, hujumchi Mauro Ikardi o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.

Bundan tashqari, mashhur yulduz Neymar va iste’dodli futbolchi Presnel Kimpembening jamoadagi o‘rni ham kafolatlanmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!