PSJga o‘tgan hamyurtimiz Chempionlar ligasida ishtirok etadi (foto)
Xabar berganimizdek, Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Davlat Bobonov Frantsiyaning PSJ klubi bilan shartnoma imzolagan edi.
O‘z tarkibiga mashhur dzyudochilarni jamlagan Parij klubi Evropa Ligasida chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi va bu bilan Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. -90 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Bobonov raqibini vazari bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.
Chexiyaning Praga shahrida o‘tgan Evropa Ligasida Ko‘hna qit’aning 13 ta erkaklar, 4 ta ayollar klublari ishtirok etdi. Erkaklar o‘rtasidagi musobaqa finalida "Pari Sen-Jermen" klubi "Sent-Jenevev" jamoasini 4:1 hisobida engdi.



O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati



Fikrlar