
PSJga zarba. “Real” Mbappeni sotib olmaydigan bo‘ldi!
PSJ rahbariyati klub bilan shartnomani uzaytirmagan Kilian Mbappeni transferga qo‘yganidan keyin bir necha grandlar 24 yoshli hujumchiga qiziqish bildirayotgan edi.
Mbappeni qo‘ldan chiqarmaslik uchun “Real” ham shu yoz ichi xarajat qilishga tayyorligini bildirdi. Biroq, qiziqqan klublarning aksariyati birin-ketin Mbappe transferidan voz kecha boshladi.
Hujumchining o‘zi faqat “Real”ga o‘tishini ta’kidlaganidan keyin madridliklar bu transferga pul sarflamasdan, kelasi yoz Kilianning erkin agentga aylanatishini kutadigan bo‘ldi.
Bu vaziyat PSJga qattiq zarba bo‘ladi. Parijliklar Kilianni erkin agent sifatida qo‘yib yuborishga majbur bo‘ladi. Shuningdek, Mbappeni sotolmayda va bu transferdan ko‘zlangan daromadni ololmaydi. Qolaversa, klub bir yil ichida Kilianga 90 million evro miqdorida sodiqlik bonusi va 60 million evro maosh to‘laydi.
Fikrlar