
PSJning Frantsiya kubogidagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi
Hozirgina Frantsiya kubogi chorak final bahsi – “Kan” hamda “Lion” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi. Mazkur o‘yinda “Kan” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golga Ismoil Diomande mualliflik qildi. Shu tariqa, mezbonlar yarim finalga yo‘l olishdi. Final ostonasida esa ularni PSJ kutib turibdi.
Shuningdek, ikkinchi yarim final bahsida Fransiya Uchinchi divizionida to‘p suruvchi “Le-Erbe” hamda “Shambli” jamoalari o‘zaro hisob-kitob qilishlarini qo‘shimcha qilish joiz.
Frantsiya kubogi. Chorak final
Kan – Lion 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 77 Diomande.
Kan – Samba, Sanko, Djiku, Gilber, Avunu, Peters (Demenge, 90), Diomande, Rodelen, Fere, Bazil (Stavitski, 59), Santini (Krivelli, 58).
Lion – Antoni Lopesh, Marselo, Marsal, Tete, Diakabi (Morel, 46), Auar, Tuzar, Korne, Ferri (Ndombele, 81), Depay (Traore, 71), Maolida.
Ogohlantirishlar: Fere (58), Krivelli (62), Morel (64), Marsal (76), Peters (86).
Fikrlar