PSJning Mbappega yuborgan bu safargi super taklifi qanday bo‘ldi?

  • 15 dekabr, 2021, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati jamoa hujumchisi Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma imzolashga ko‘ndirmoqchi.

Tecno

RMC Sport xabariga ko‘ra, frantsuz klubi 22 yoshli hujumchiga PSJdagi eng yuqori maoshni taklif qilmoqda. Mbappe esa kelajagi borasidagi yakuniy qarorini yaqin haftalarda qabul qilmaydi. U butun e’tiborini PSJga qaratadi, shuningdek, “Real”ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 finaliga tayyorgarlik ko‘radi. Kilian joriy mavsumda PSJ bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqmoqchi.

Mbappeni masalaning moliyaviy tomoni qiziqtirmayapti. Yozda u yuragiga quloq soladi. Agar Kilian Frantsiyadagi faoliyati tugaganini sezsa, shartnomani uzaytirmaydi va "Real"ga o‘tadi.

Joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi PSJ safida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!