Pukki APLning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi. U ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan uchinchi finlyandiyalikdir

  • 13 sentabr, 2019, 17:31
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Norvich" klubi forvardi Teemu Pukki Angliya Premer-Ligasida avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

29 yoshli futbolchi bo‘lib o‘tgan 4 ta bahsda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sovrin uchun Pukkidan tashqari, Eshli Barns ("Byornli"), Roberto Firmino ("Liverpul"), Kevin De Bryuyne, Raxim Sterling va Serxio Aguero (barchasi "Man Siti") da’vogarlik qilishayotgan edi.

Pukki 2004 yildan buyon ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan ilk finlyandiyalik bo‘ldi. Aynan 2004 yili Mikael Forssell ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan. Hammasi bo‘lib finlyandiyalik APLda oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini uchinchi marotaba yutishdi. Forsell va Pukkidan tashqari, Sami Xyuyupya ham ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Emiliano Sala
13/09/2019 21:59
Ajoyib o'yinchi ekan qoil ochig'i to'pga tegsa gol urarkan.