Pul bo‘lmasa, Fayzullaev o‘ynamaydi!

  • 15 avgust, 17:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari yangi mavsumda Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” jamoasi o‘yinlarini alohida e’tibor bilan kuzatib boradi.

Tecno

Chunki turk klubi o‘z safiga O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki etakchisi – Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaevni qo‘shib oldi.

“Top-5” tasnifiga kiruvchi A Seriyada pishgan 30 yoshli hujumchimiz uchun yangi jamoaga moslashish hech qanday qiyinchilik tug‘dirgani yo‘q. Shomurodov jamoaning UEFA Konferentsiyalar ligasidagi dastlabki uchta uchrashuvida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan bo‘lsa, Norvegiyaning “Viking” jamoasiga qarshi javob bahsini boshlang‘ich tarkibda boshladi.

Jamoaga kirishib ketgan tajribali legionerimiz golli pas uzatib, “Bashakshehir”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolishga hissa qo‘shdi. “Bashakshehir” bosh murabbiyi Chag‘dash Atan Shomurodovning salohiyati va imkoniyatlaridan hayratda ekanini yashirayotgani yo‘q.

Biroq Abbosbek Fayzullaev atrofida yuzaga kelgan vaziyat ko‘pchilikni bezovta qila boshladi. TsSKAdan “Bashakshehir”ga ko‘chib o‘tganiga ikki haftadan oshgan bo‘lsa-da, 21 yoshli futbolchimiz hali rasmiy debyutini o‘tkazgani yo‘q.

“Istanbul Bashakshehir” Moskva klubidan Fayzullaevning transfer sertifikatini olgani yo‘q. Bu hujjatsiz o‘yinchi xizmatidan foydalanib bo‘lmaydi. Transferni rasmiylashtirish ishlari yakunlanishi uchun Superliga klubi “armiyachilar” hisob-raqamiga muzokaralarda kelishilgan badal puli – 7,5 million evroni o‘tkazib berishi kerak.

“Istanbul Bashakshehir” rahbariyati, xususan, bosh murabbiy Chag‘dash Atanning ma’lum qilishicha, klubda transfer uchun etarli mablag‘ bor. Ammo Rossiyaga siyosiy vaziyat tufayli qo‘llanilgan sanktsiyalar tufayli TsSKAga to‘g‘ridan to‘g‘ri pul ko‘chirib bo‘lmayapti.

“Bashakshehir” xo‘jayinlari bu masalani tezroq hal qilishga harakat qilyapti, chunki klub tarixidagi eng qimmatbaho transfer sohibi shunchaki mashg‘ulotlar bilan o‘ralashib qolgani hech kimni qoniqtirmaydi.

Bu tomonda TsSKA ham g‘aznaga tushum bo‘lishini kutyapti. Klubning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Kirill Breydo ham transferni yakunlashda muammo borligi va u tez orada echilishini ma’lum qildi.

- Transfer shartnomamiz huquqiy jihatdan kafolatlangan hujjat hisoblanadi. Klub g‘aznasiga pul tushmaguncha, shartnoma kuchga kirmaydi. Shu bois, pul ko‘chirish bo‘yicha ishlar davom ettirilyapti. Kutyapmiz, hammasi joyida, - dedi Kirill Breydo.

Har ikki klub bayonotlaridan xulosa qiladigan bo‘lsak, tomonlar Rossiya futboliga qo‘yilgan sanktsiyalardan kelib chiqib, pul o‘tkazmasi masalasini hal qilishi shart. Agar kelishilgan summa TsSKA g‘aznasiga tushirilmasa, Abbosbek Fayzullaev “Bashakshehir” uchun o‘ynay olmaydi.

Husanov bo‘yicha Gvardiola yangi reja tuzib qo‘ydi

Shomurodov kutganimizdan ham zo‘r bo‘lib chiqdi! “Bashakshehir” ustozi o‘zbek legionerlari haqida yana nimalar dedi?
Husanov ortida dunyoning eng zo‘r darvozaboni turagan bo‘ldi!

Husanovni “Manchester Siti”ga joylagan mutaxassis ishdan ketdi!

Ekspert: Bu futbolchi Husanovning yo‘lini to‘syapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!