
Pulishich noma’lum muddatga safdan chiqdi
"Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Kristian Pulishich noma’lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda AP nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 20 yoshli AQShlik futbolchi Chili (1:1) terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik bahsida jarohat olgan.
Ma’lumot uchun, Pulishich joriy mavsum dortmundliklar safida jami 25ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U yozda “Chelsi”ga ko‘chib o‘tadi.
Fikrlar