
Puyol: Messi va Ronaldu JCh-2022da ham ishtirok etishi mumkin
Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Karles Puyol 30 yoshli Lionel Messi hamda 32 yoshli Krishtianu Ronaldularning katta futboldagi kelajagi haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Agar Messi va Ronalduning yoshini inobatga oladigan bo‘lsak, u holda ular yana uzoq yillar yuqori saviyadagi futbol ko‘rsata olishadi. Ular 35-36 yoshgacha o‘ynashlari mumkin. Chunki, Ronaldu va Messi haqiqiy professionallar, ular o‘zlarining jismoniy holatlariga doimiy e’tibor qaratib borishadi. Agar ular hoxlashsa JCh-2022da ham ishtirok etishlari mumkin”, - deydi Puyol.
Fikrlar