Qanday holatda Bartomeu iste’foga chiqadi?

  • 8 sentabr, 2020, 18:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tashabbuskor guruh "Barselona" prezidenti Xosep Bartomeuning iste’foga chiqishi uchun ovoz yig‘moqda, deb xabar bermoqda Mes Que Una Mocio.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, hozirda talab qilingan 16500 kishidan 7500 buni yoqlab ovoz bergan. Agar etarli darajada ovoz to‘plansa, klub referendum o‘tkazadi. Ushbu referendumda amaldagi “Barselona” rahbariyatining 66 foizdan ortig‘i Bartomeuning iste’fosiga ovoz bersa, u ishdan ketadi.

Ammo koronavirus tarqalish xavfi tufayli katta guruhlar to‘plana olmaslik sababli faollarga kerakli miqdordagi ovozlarni to‘plash qiyin bo‘ladi. Ovozlarni faqat 16 sentyabrgacha yig‘ish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!