"Qaroqchi"ning keyingi jangi qachon o‘tkazilishi ma'lum
Shara Bullet nomi bilan tanilgan UFC jangchisi Sharabutdin Magomedov oktagonga qayti muddatini e’lon qildi.
"Ehtimol, may oyida keyingi jangimni o‘tkazishim mumkin. Menimcha, bu eng ideal vaqt", - dedi Magomedov Kamil Gadjievning You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, "UFC on ABC 9" turnirida Shara Bullet kanadalik Mark-Andre Barrio ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar