Qarshiliklar “Navbahor” muxlislarini ortda qoldirishdi. Jizzaxda ham ishqibozlar soni ko‘paymoqda

  • 12 avgust, 2019, 15:07
  • Bekzod Isayev
  • 9
  • Futbol
CHERY AUTO

10-11 avgust kunlari Superliganing 16-turi o‘tkazildi. SPORTS.uz sayti an’anasiga sodiq holda tur muxlislarini taqdim etadi.

Tecno

Tur o‘yiniga jami 41611 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu bir uchrashuvga o‘rtacha 5944ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Qashqadaryodagi “Nasaf” – “Bunyodkor” bellashuvida qayd etildi - 8756.

Eng kam ishqibozlar Toshkent viloyatida. “Metallurg” – “Andijon” bahsini 2357 ishqiboz bevosita o‘yingohdan tomosha qildi.

E’tiborlisi, avvalgi turda ham eng ko‘p muxlis Qarshida, eng kami Toshkent viloyatida kuzatilgandi.

Namangandagi "Navbahor" – AGMK qarama-qarshiligidagi muxlislar qarshiliklarni ortda qoldira olmagani e’tiborga molik. “Lochinlar”ning oxirgi paytdagi salbiy natijalari sabab uy o‘yinlariga tomoshabinlar soni kamayib bormoqda.

Jizzaxda ishqibozlar soni ortib boryapti, huddi jamoaning natijalari kabi.

Quyida 16-turda eng ko‘p muxlislar tashrif buyurgan o‘yinlar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:

«NASAF» - «BUNYoDKOR» 3:1. 8756 tomoshabin

«NAVBAHOR» - AGMK 0:1. 7215 tomoshabin

«SO‘G‘DIYoNA» - «QIZILQUM» 1:0. 7002 tomoshabin

«PAXTAKOR» - «BUXORO» 5:0. 6781 tomoshabin

«DINAMO» - «QO‘QON-1912» 0:1. 5900 tomoshabin

«SURXON» - «LOKOMOTIV» 1:1. 3600 tomoshabin

«METALLURG» - «ANDIJON» 0:2. 2357 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shaxboz Bekmurodov
18/08/2019 12:23
haqiqatdan, ko‘b muhlislar belitsiz kirgandi ular hisoda yo‘q Qashqadaryoda muhlislik darajasi ancha yuqori chunki o‘yin toza halol o‘yin kursatadi.NASAF paxta o‘yinda Nasafchilarga omad, paxtachilarga insof tilab qolaman sudiyani va boshqa shaxslarni aralashtirmay o‘yin qilishsinda.
&
Dima Muratov
14/08/2019 21:50
Nasaf -Pahtakor uyinida rekord darajada muxlislar kiradi.
Chunki Toshkentda Nasaf pahtani jonini olgandi (Asimov qaxramonlik kirsatgan uyinda) ...
Qarshida Kamida 2 ta gol urishi aniq Nasaf.
Chunki yosh Nasafchilar bu uyinni intizorlik bn kutib turushibdi...
&
Ravshanov Nuriddin
12/08/2019 22:30
Насаф иштирокидаги уйинларни хам ТВ дан курсатинглар. Кеча стадиондан келиб куролмадик. Марказий уйин эдику ахир
&
inesta
12/08/2019 19:34
Bu albatta navbahor oyinidan kelip chiqip muxkislar kirmagan lekin baribir namanganda futboli fanatlari n1
&
Фан
12/08/2019 16:44
Пахтакор-79 - СССР учрашувини ма'лум сабабларга кура куриш насиб килмади.
Стадион лик тулдими йукми.
Ишкилиб собик СССР мухлисларига кулгуга колмаган булсак булди.
Davron Jenjayev
12/08/2019 16:39
Nasaf uyinida kursatilgandanm kura kup odam kirgandickipchilik beletsiz kirgandi
Farhod Komilov
12/08/2019 16:20
Oldin konchelski muminjonov borligada stadionimiz pachti tular edi uyin qovuwmasa wu kirvotganlaram ne xuyya kirmaymiz xokimga muclislar iltimosnoma junatgan agar uwqasa muxlislar buyicha yana nomer 1 buladi
&
МЮ
12/08/2019 15:26
Навбахор Шундай уйнашда давом этса.Кегинги уйинларни хоким билан жоржни узи куради
Абдусамат Жураев
12/08/2019 15:48
Кейинги тур Андижонда 5 та уради навбахорга эсиз увол сандака уйинчилага