Qatar. Rashidovning jamoasi qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi

Hamyurtimiz Sardor Rashidov faoliyat olib boradigan "Qatar SK" klubi bu tur safarda "Al Sayliya" bilan kuch sinashdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Rashidov bahsni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa maydonda faol harakatlandi.

Shu tariqa qatorasiga to‘rtinchi bellashuvda mag‘lub bo‘lgan "Qatar SK" turnir jadvalida 12 jamoa orasida 11-pog‘onani band etib turibdi.

Qatar Yulduzlar ligasi / 4-tur

"Al Sayliya" - "Qatar SK" 1:0

Gol: Kara Mbodji,  90

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Низомтой Эргашев
21/09/2019 13:13
Якинда 12 уринга чикади
&
BBS UZB
21/09/2019 10:25
Adminlar oxiridan faxrli 2-o'rin deb yozish kerak edi. Sardorboy daraxt ham bir joyda ko'karadi-da.