
"Qayrat" - "Paxtakor": Matnli translyatsiya
O‘rtoqlik uchrashuvi doirasida "Qayrat" hamda "Paxtakor" jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Mazkur bellashuvdan matnli translyatsiyani saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
90+7. G‘ALAAABAA! "Sherlar" markaziy Osiyo derbisida qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Hisob - 1:0. Banashakning goli "Paxtakor"ga printsipial bahsda g‘alaba keltirdi.
90+3. Bellashuvning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo‘shib berildi.
90+2. GOOOOOOOOOL! "Sherlar" uchrashuvda hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Qanotdan Hamrobekov uzatib bergan to‘pni himoyachi qaytargandi, qaytgan to‘pga Banashak etib keldi va bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.
86. "Qayrat" xavfli hujum uyushtirdi va mezbonlar futbolchisi yaqin masofadan zarba yo‘lladi, ammo himoyachilar to‘p yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lib qoldi.
82. Mezbonlar qarshi hujumdan gol urishiga bir bahiya qoldi. Quvvatov yaxshi harakat qilib, to‘pni qaytardi.
78. Joau Pauloning olisdan yo‘llagan zarbasi ancha xavfli chiqdi, biroq noaniq.
77. Alijonovning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasi aniq chiqdi, ammo kuchsiz.
74. "Qayrat" futbolchisining olisdan yo‘llagan zarbasini Quvvatov egallab oldi.
70. Uchrashuv davom etadi. Kamchilik bartaraf etildi.
63. Olma-otadagi "Markaziy" stadionda chiroq o‘chib qoldi.
60. Banashakga to‘p yaxshi etkazib berilgandi. Ammo Hamdamov bilan tushunmovchilik bo‘ldi.
54. "Qayrat" o‘z yarim maydonida to‘pni nazorat qilayotgandi, "sherlar" kuchli bosim evaziga to‘pni egallab oldi.
50. Xavfli hujum navbati qayratda. Qanotdan etkazib berilgan uzatmani Quvvatov ortiqcha qiyinchiliksiz egallab oldi.
48. "Sherlar" ajoyib hujum uyushtirdi. Qanotdan to‘p Hojiakbar Alijonovga etkazib berildi. Alijonovning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasini darvozabon qaytardi.
46. Ikkinchi bo‘lim start oldi.
45+2. Hakam hushtagi yangradi. Birinchi bo‘lim yakuniga etdi.
45+2. Hamrobekov olisdan yana bir zarba yo‘lladi, ammo noaniq.
45+1. "Paxtakor" yaxshi kombinatsiya uyushtirib, raqib jarima maydoniga kirib bordi, ammo so‘nggi uzatmaga Banashak etib kela olmadi.
45. Birinchi taymning asosiy vaqti yakuniga etdi va ilk bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi.
43. Hamrobekovning olisdan yo‘llagan zarbasi yo‘l-yo‘lakay mezbonlar himoyachisiga tegib qoldi. "Paxtakor" foydasiga burchak zarbasi.
39. UXXXXX! "Qayrat" hisobni ochishiga bir bahiya qoldi. Qanotdan mezbonlar futbolchisi tezkorlik bilan kirib keldi va to‘pni jarima maydoni markazidagi sherigiga uzatdi, ammo so‘nggi soniyalarda Sobirxo‘jaev to‘pni deyarli chiziq ustidan olib chiqdi.
36. Shushenachevning chamasi 18 metrlardan yo‘llagan zarbasiga himoyachilar to‘g‘anoq bo‘ldi.
34. "Paxtakor" hujumga o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelyapti.
31. "Qayrat" futbolchilari burchak zarbasi tepish imkonini qo‘lga kiritdi. Uzatmadan so‘ng himoyachilar to‘pni jarima maydonidan uzoqlashtirdi.
27. "Paxtakor" himoyachisi Hamroliev maydon markazida qo‘pol o‘ynagani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
25. Turg‘unboev hamda Madelxan to‘qnashuvi oqibatida ikki futbolchi ham jarohat olgan ko‘rinadi.
23. O‘yinda to‘xtalish. "Cooling break". Hakam futbolchilarga salqinlanib olish imkonini berdi.
21. Hamdamovning o‘zi burchakdan to‘pni o‘yinga kiritib berdi. Ikkinchi qavatda biznikilar yutib chiqdi, ammo zarba biroz kuchsiz chiqdi.
20. Dostonbek Hamdamovning jarima maydoni tashaqarisidan yo‘llagan kuchli zarbasini Danil Ustimenko qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
19. Shahzodbek Azmiddinovga nisbatan mezbonlar futbolchisi biroz qo‘pol o‘ynadi.
18. Hojiakbar Alijonov o‘z qanotidan ajoyib reyd uyushtirdi va to‘pni havolatib, jarima maydoni markaziga etkazib berdi, ammo zarba beradigan futbolchi topilmadi.
17. "Sherlar" markazda to‘pni yo‘qotdi. Shundan so‘ng "Qayrat" futbolchilari tezkorlik bilan hujumga otlandi. Hujum zarba bilan yakunlandi, ammo Quvvatov ishonchli harakat qildi.
14. "Qayrat" o‘yinni nazorat qilmoqda, "Paxtakor" vaqti-vaqti bilan qarshi hujumga o‘tyapti.
11. "Qayrat" yana bir jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Doimgidek, to‘p yonida Sergey Keyler. Uning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
8. "Qayrat" ketma-ket ikki marotaba burchak to‘pi tepish imkoniyatini qo‘lga kiritdi, ammo har ikki uzatmani "Paxtakor" himoyachilari zararsizlantira oldi.
6. "Qayrat" jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. To‘p oldida Sergey Keyler.
5. Dostonbek Hamdamovda ajoyib vaziyat keldi, biroq u yaqin masofadan o‘ta noaniq zarba yo‘lladi.
4. "Qayrat"ning hujumlari tobora xavfli tus olmoqda. Biroq hozircha "sherlar" himoyada ishonchli o‘ynamoqda.
3. "Qayrat" xavfli hujum uyushtirdi, biroq Hojiakbar Alijonov qanotdan uzatilgan to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
1. Ilk daqiqalardan "sherlar" to‘p nazoratini o‘z qo‘liga oldi.
1. Uchrashuvga start berildi.
* Har ikki davlat madxiyalari yangrab bo‘ldi. Uchrashuv startiga hamma narsa shay holatda.
* Jamoalar maydonga chiqib keldi. Navbat O‘zbekiston va Qozog‘iston madhiyalariga.
Fikrlar