
"Qayrat" - "Paxtakor": Tarixiy derbini qanday tomosha qilish mumkin?
Superliga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Paxtakor" yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Toshkentliklar 19 iyul kuni Qozog‘istonda "Qayrat"ga qarshi uzoq yillik tarixga ega o‘yinda ishtirok etsa, oradan 4 kun o‘tib, Tojikistonning nomdor "Istiqlol" jamoasini qabul qiladi.
Tabiiyki, mazkur bellashuvlar ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb qilishi turgan gap. "Sport" telekanali direktori Zohid Karimov o‘zining "Tvitter"dagi sahifasi orqali "Qayrat"ga qarshi bahs jonli efirda translyatsiya qilinishi haqida xabar berdi. "Istiqlol" bilan o‘yin ham katta ehtimol "Sport TV"da ko‘rsatiladi.
Fikrlar